So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

01 iyu 18:42
Yangiliklar

Tadbirlar

Urganch shahrida katta kurash bayrami davom etmoqda+FOTO

Urganch shahrida kurash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlangan birinchi xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda.

Millatimiz faxri va g'ururi bo'lgan kurash bugun jahon arenalarini zabt etmoqda. SHu yilning avgust oyida Indoneziyaning Jakarta shahrida o'tadigan Osiyo o'yinlarida milliy sportimiz bo'yicha ilk bor rasmiy musobaqalar o'tkaziladi. 

Ana shunday nufuzli turnir oldidan Xorazm viloyatida o'tayotgan mazkur bellashuvlar dunyoning 14 mamlakatidan kelgan polvonlar uchun muhim sinov vazifasini o'tab berayotgani shubhasiz. Ikkinchi kundirki, Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasi kurash muxlislari bilan to'lib toshmoqda. 

Xalqaro turnirning ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Farhod Ermanov, O'zbekiston Kurash federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Komiljon Yusupov, Milliy Olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Jasur Matchonovlar so'zga chiqib, milliy qadriyatimizning ajralmas bo'lagi bo'lgan kurashning xalqaro maydondagi obro'sini oshirishda bu kabi musobaqalarning ahamiyati yuqoriligini takidlab o'tdilar.  

Ochilish marosimida xorazmlik sanat ustalarining chiqishlari yig'ilganlarga yanada xush kayfiyat baxsh etdi. Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlangan O'zbekiston Prezidenti sovrini uchun kurash bo'yicha xalqaro turnirning birinchi kunida ayollar 52 va 78, erkaklar esa 66 va 81 kg vazn toifalarida g'oliblik uchun gilamga chiqdilar.

Takidlash kerak, mazkur turnir doirasida O'zbekiston kurash federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi. Unda tashkilot faoliyati tahlil etilib, Osiyo o'yinlari oldidan terma jamoalar faoliyatini yanada takomillashtirish borasida fikrlar almashildi. 

SHuningdek, federaciyaning yangi raisi saylanib, amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar belgilab olindi. Musobaqa davom etmoqda. Turnir g'olib va sovrindorlari birozdan so'ng aniq bo'ladi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing