22 noy 14:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Urganch yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi
O'zbekistonda boks musobaqalari davom etadi. Poytaxtimizda o'tkazilgan ketma-ket musobaqalardan so'ng mezbonlik navbati Xorazmga etib keldi.
Aniqrog'i, 23 noyabr kunidan boshlab ko'xna Urganch shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati start oladi.
Bahslarda yurtimizning turli hududlaridan 300 nafarga yaqin yosh charm qo'lqop ustalari 10 ta vazn toifasida sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishadi.
Bellashuvlar karantin qoidalariga qatiy rioya qilingan holda tashkil etiladi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar