So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

03 fev 12:51
Yangiliklar

Tadbirlar

Urganchda “Hokim va yoshlar uchrashuvi” chog'ida sportchilarga sovg'alar ulashildi

Teglar :  UrganchXorazm
Xorazm viloyatining Urganch tumanida "Hokim va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi.

Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim va ahamiyatli tashabbus doirasida Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi G'aybu sanoat kasb-hunar kollejida viloyat hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport, madaniyat, xalq talimi boshqarmalari, xotin-qizlar qo'mitasi, yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida yoshlarni bugungi kundagi mavjud muammolari, fikr-mulohazalarini o'rganish, ularni ijobiy hal qilish maqsadida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

 

Uchrashuv chog'ida viloyat hokimi F.Ermanov tuman yoshlarining madaniyat, sport, sanat, axborot texnologiyalari hamda kitob o'qishga qiziqishini oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar, bu borada yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, ular bilan suhbatlashdi.  

- Vohamizning shahar va tumanlarida o'tkazilayotgan uchrashuvlar foydadan holi bo'lmayapti, - deydi Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SH.Madaminov. - Binobarin, Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni hayotga tadbiq etish yo'lida uyushtirilayotgan bunday tadbirlar o'g'il-qizlarning intilish va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ularning istedod va qobiliyatini to'la namoyon etishlari uchun imkoniyatlar yaratib berish masalalari ijobiy hal qilinayotir. Tabiiyki, bu sportchi yoshlarimizni ham izlanishlar, yangi yutuqlar sari talpintirmoqda. 

“Hokim va yoshlar uchrashuvi”ning ahamiyatli jihati yana shunda bo'ldiki, unda Urganch tumanida voyaga etgan sportchilarning muvaffaqiyatlari, jumladan, ayni paytda “Tokio-2020” Olimpiadasi yo'llanmasi uchun ochkolar jamg'arayotgan dzyudochi Alisher Yusupov va pnevmatik miltiqdan o'q otish ustasi Olima Komilovaning faoliyati haqida ham atroflicha so'z yuritildi. 

Tadbirda viloyat hokimi tuman yoshlariga beshta yo'nalish bo'yicha sovg'alar topshirdi. Ular orasida gimnastika, tennis, shaxmat-shashka va boshqa ko'plab sport turlarining anjomlari bor edi.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing