06 iyu 15:33
Yangiliklar
Sport kurashlari, Kurash
Urganchda sport kurashlari bo'yicha o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi
Urganch shahrida sport kurashlari bo'yicha 2003-2005 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida mamlakat chempionati start oldi.
Milliy olimpiya qo'mitasi shafeligi ostida o'tayotgan mazkur musobaqa yosh sportchilarni saralab olishda katta ahamiyatga ega.
Qayd etish lozimki, yaqindagina Argentinadagi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritgan, Osiyoning ikki karra chempioni Umidjon Jalolov, hamda 2018 yilgi Osiyo chempionati g'olibi Arslon Rahimov kabi sportchilarimiz ham aynan mana shunday musobaqalar orqali murabbiylar nazariga tushgan. Bellashuvlar 9 iyulga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar