01 sen 11:35
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/273921_220.jpg)
US Open. Alkaraz chempionlik himoyasini davom ettiryapti
Dunyoning birinchi raketkasi Karlos Alkaraz "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatida muvaffaqiyatli odimlamoqda.
Aynan ispaniyalik tennischi US Open turnirining amaldagi chempioni hisoblanadi. U ikkinchi davrada ATP reytingida 177-pog'onada borayotgan JAR vakili Lloyd Xarrisni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/1, 7/6(4).
Tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi 2 soatu 31 daqiqa davom etgan. Alkaraz 4, Xarris 6 ta eys zarbasini ijro etgan. Qo'shxatolar 1 ga 6 ko'rinishda, Xarris, breyklar esa aksincha 5 ga 1 holatda Alkaraz foydasiga bo'lgan. Endi Karlos uchinchi bosqich uchrashuvida britaniyalik Deniel Evansga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar