06 sen 10:38
Yangiliklar

US Open. Amaldagi chempion 1/2 final uchrashuvida kortga chiqdi
Uch soatu 20 daqiqa davom etgan bahsda italiyalik tennischi 6:1, 3:6, 6:3, 6:4 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi. Yannik 10, Feliks 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Sinner tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tiklab qo'ydi - 2:2.
Yannik Sinner ketma-ket beshinchi bor "Katta Dubulg'a" turnirlari finalida o'ynaydi. U xard qoplamali turnirlarda qatorasiga 27-g'alabasini qo'lga kiritdi. Bu bilan Yannik Novak Jokovichning natijasini takrorladi. Bu borada rekord Rojer Federerga tegishli. SHveycariyalik 40 ta g'alabali seriyaga jga bo'lgan.
Amaldagi chempion Yannik Sinner endi musobaqa bosh sovrini uchun dunyoning ikkinchi raketkasi ispaniyalik Karlos Alkarasga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar