06 sen 14:08
Yangiliklar
Tennis

US Open. Ayollar o'rtasidagi juftlik bahslarida chempionlar malum
Nyu-York shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg'armasi 90 mln dollarni tashkil etuvchi AQSH Ochiq chempionatida ilk g'oliblar malum bo'ldi.
Ayollar o'rtasidagi juftlik turnirida kanadalik Gabriela Dabrovski va Yangi Zelandiya vakilasi Erin Rutliff bosh sovrin sohibasiga aylanishdi. Ular hal qiluvchi final uchrashuvida chexiyalik Katerina Sinyakova hamda amerikalik Teylor Taunsend juftligini 6/4, 6/4 hisobida mag'lub etishdi.
Bir daqiqasi kam bir yarim soat davom etgan bahsda ikkla juftlik ham 2 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Dabrovski/Rutliff hamkorligi US Open turniridagi ikki haftalik mehnatlaridan 2000 reyting ochkosi hamda 1 million dollar mukofot puli ishlab olishdi. Bu ikki tennis malikasi 2023 yilgi US Open turnirida ham chempion bo'lishgan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar