05 sen 11:27
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				
				
			
				US Open. Erkaklar o'rtasidagi juftlik bahslarida finalchilar aniqlandi
Nyu-York shahrida yakuni sari yaqinlashayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatining erkaklar o'rtasidagi juftlik turnirida finalchilar malum bo'ldi. 
			Turnirda beshinchi raqam ostida tasniflangan ispan-argentinalik Marsel Granolers va Orasio Sebalos juftlik oltinchi raqam ostida harakat qilayotgan britaniyalik tennischilar hamkorligi Jo Solsberi va Nil Skupskiga qarshi bosh sovrin uchun kortga chiqadigan bo'lishdi.
Juftliklar o'rtasidagi US Open finali ertaga soat 21:00da boshlanadi. Granolers va Sebalos juftligi 1/2 finalda amerikalik tennischilar Robert Kesh / Jeyms Treysini, Solsberi hamda Skupski esa Yuki Bxambri (Hindiston) / Maykl Vinus (Yangi Zelandiya) tandemini mag'lubiyatga uchratgan.

            Havola            :         
                    Manba                : championat.com
            
			
Fikrlar