31 avg 09:44
Yangiliklar

US Open. Iga Svyontek rus malikasini musobaqadan chiqarib yubordi
Polshalik tennischi uchinchi bosqichda WTA reytingida 29-o'rinni egallab turgan rossiyalik tennis malikasi Anna Kalinskayani qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(2), 6/4. Ushbu g'alabasi evaziga Iga tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida oldinga chiqib oldi - 2:1.
Ikki daqiqasi kam ikki soat davom etgan bahsda Svyontek 4, Kalinskaya 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Annada ikki barobar ko'proq bo'ldi - 11 ga 5. Breyklar bo'yicha ustunlik esa Svyontek tomonida - 5 ga 4. Birinchi setda Kalinskaya 5/1 hisobida oldinda borayotgan edi, lekin u bu katta ustunlikdan foydalana olmadi. Endi Iga US Open 1/8 finalida yana bir rus tennischisi Ekaterina Aleksandrovaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar