27 avg 13:05
Yangiliklar

US Open. Iga Svyontekning yurishi boshlandi, bu uning mavsumdagi 50-g'alabasi!
Polshalik tennis malikasi birinchi davrada WTA reytingida 84-o'rinni egallab turgan kolumbiyalik Emiliana Arangoni ortiqcha qiyinchiliksiz taslim etdi - 6/1, 6/2. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:0.
Oltmish bir daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennichi ham bittadan eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Igada ko'proq bo'ldi - 3 ga 2. Svyontek breyklar bo'yicha mutlaq ustunlikka ega bo'ldi - 4 ga 0.
SHu tariqa, Iga Svyontek mavsumdagi 50-g'alabasini qo'lga kiritdi. Polshalik tennischi 65 ta WTA turnirlarining startida yutqazmay kelyapti. Bu Ochiq eradagi rekord natija hisoblanadi. Endi u AQSH Ochiq chempionatining ikkinchi bosqichida Syuzan Lamensga qarshi kortga chiqadi. O'z o'rnida niderlandiyalik bu tennischi birinchi davrada amerikalik Valeri Glozmanndan ustun keldi - 6/4, 6/2.
Fikrlar