03 sen 12:26
Yangiliklar
Tennis

US Open. Novak Jokovich 1/2 finalda
AQSHning Nyu-York shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi US Open turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Dunyoning ettinchi raketkasi Novak Jokovich reytingda o'zidan uch pog'ona yuqorida borayotgan amerikalik Teylor Fricni to'rt set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi — 6:3, 7:5, 3:6, 6:4.
Uchrashuv 3 soatu 26 daqiqa davom etgan. Jokovich 10, Fric 12 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Novak 8, Teylor 5 ta qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Endi serbiyalik tennis afsonasi final chiptasi uchun dunyoning ikkinchi raketkasi ispaniyalik Karlos Alkarasga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar