20 may 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA
USADA Konor Makgregorni shoshilmaslikka chaqirdi
Amerika antidoping agentligi (USADA) Konor Makgregorning oktagonga qaytishi haqidagi xabariga munosabat bildirdi.
"Biz yaqinda Konor Makgregor bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotda bo'ldik. U USADA qoidalari va UFC antidoping siyosatiga ko'ra olti oy davomida test topshirishi shart bo'ladi. Bu qoidalar barcha qaytayotgan sportchilar qatori Konorga ham taalluqli. Makgregorning test tahlillaridan kamida ikkitasi ijobiy natija bergan taqdirda unga jang o'tkazish uchun ruxsat beriladi", — deyiladi USADA bayonotida.
Avvalroq Konor Makgregor USADA bilan masalani hal qilgani va yil oxirida oktagonga qaytib, Maykl CHendlerga qarshi jang qilishini aytgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar