04 dek 11:50
Yangiliklar

USADA Yair Rodrigesni yarim yilga chetlatdi
Bunday qarorga USADA antidoping agentligi kelgan. Meksikalik jangchi doping tekshiruvdan o'tishdan bosh tortib kelayotgan edi. Yair taxlil uchun bormoqchi bo'lgan agentlik xodimlariga uch bor qaerda ekanligini aytmagan. Yani, ochiqchasiga doping uchun taxlil topshirishdan o'zini olib qochgan.
Natijada USADA Yair Rodrigesni yarim yilga janglar o'tkazishdan chetlatdi. Yairning diskvalifikaciya jazosi kuchga kirdi va 2021 yilning mart oyigacha amalda bo'ladi. Rodriges so'nggi bor 2019 yilning oktyabr oyida oktagonga ko'tarilgan va o'shanda amaerikalik Jeremi Stivensni mag'lubiyatga uchratgan edi. Uning Zabit Magomesharipovga qarshi kechishi kerak bo'lgan jangi esa aynan Yairning aybi bilan bir necha bor bekor bo'lgandi.
Fikrlar