01 dek 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik 1990 yillarda ham katta yulduz bo'la olarmidi? Mayk Tayson javob berdi
Mayk Tayson Aleksandr Usikning 80–90-yillar jangchilari - o'zi, Lyuis, Xolifild bilan qanday jang qilgan bo'lardi, degan savolga javob berdi.
"Bilmayman. Ayrimlar bilan yaxshi chiqardi, ayrimlar bilan yomon. Uning bu davrdagi hukmronligini tasavvur qilish men uchun qiyin.
O'sha paytda janglar boshqacha edi. Agressiv uslub eng muhimi edi. Agar sen agressiv raqibga tushsang, hatto ko'proq zarba o'tkazsan ham, jangni u boshqarsa, raundlar unga berilardi.
Agar sen shoumen bo'lsang, odam ko'p yig'asan, etakchi bo'lasan. Dunyoda eng kuchli bo'lishing mumkin, ammo zerikarli bo'lsang, hech kim seni ko'rgisi kelmaydi. Barchasini yutishing mumkin, ammo baribir tomoshabin topolmaysan", — dedi Tayson.
Havola :
Manba : HardRock
Fikrlar