So’nggi yangiliklar

01:29"Ролан Гаррос-2026". Камилла Раҳимова дунёнинг 10-ракеткасига қарши кортга чиқди 0 21:23"Мағлубият пайти фақат яқин инсонларинг бўлади" — Шаҳрам Ғиёсов 0 20:29Армрестлинг спорт тури янги босқичга кўтарилмоқда 0 19:35"Босимни унутинг, завқ олинг!" — Чилилик эксперт мундиалда Ўзбекистондан нима кутмоқда? 0 18:50Фрэнк Санчес The Ring рейтингида юқорилади 0 18:24Тахмина Икромова яна бир карра Осиё чемпионлигини қўлга киритди 0 17:59Жек Кеттерол фарзандининг вафотидан кейин ҳам таслим бўлмагани учун Шаҳрам Ғиёсовга ҳурмат билдирди 0 17:28"Барселона" "янги Неймар" учун 20 млн евро тўлаши мумкин — AS 0 17:03Кишинёв Челленжери. Фоминни илк даврадаёқ тўхтатишди 0 16:39"Конор UFC'дан кетиш жараёнини тезлаштирмоқчи" - эксперт 0 15:15PFL Усман Нурмагомедовнинг навбатдаги жангини анонс қилди 0 14:30Хави "Милан"да Аллегри ўрнини эгаллаши мумкин 0 13:49"Шу жангни ютсам, ТОП-10'га кираман" - Рамазон Темиров 0 12:36"У сўзида турмади". Бетербиев Бивол ҳақида гапирди 0 11:18Чемпионлик сари йўл. Зангиота руҳи мададкор бунда! 0

03 okt 09:07
Yangiliklar

Boks/MMA

Usik: "Bolalarimdan hech biri otam jahon chempioni deb maqtanmaydi"

Teglar :  Aleksandr Usik
Ukrainalik chempionlik jangida g'alaba qozonib, o'z oilasiga qaytdi.

WBA, WBO, IBO va IBF yo'nalishlarining yangi chempioni Aleksandr Usik Entoni Joshuani mag'lubiyatga uchratib, odatdagidek oilasi bag'riga qaytdi. Ukrainalik o'quv-mashg'ulot yig'ini tugaganidan xursand va endi u o'z oilasi bilan ko'proq vaqt o'tkazishi mumkin. Usik va uning rafiqasi Ketrin uch farzandni tarbiyalayapti.

"O'g'lim Mixail endi maktabga borishga tayyor, chunki men nihoyat uyga qaytdim va uni o'zim maktabga olib bordim. Lekin bilsam, bolalarimdan hech biri otasi jahon chempioni deb maqtanmaydi. Ochig'ini aytganda, men bundan xursandman", - deya Usikdan iqtibos keltiradi The Sun.

Usik, shuningdek, Joshuaning oxirgi jangdagi taktikasi haqida o'z fikrini bildirdi. Ko'pgina ekspertlar AJni passiv jang uslubi uchun tanqid qilishdi. Lekin ukrainalik Joshua yomon taktika tanlagan deb o'ylamaydi.

"Menimcha, u "energiyani tejash" rejimida, hakamlar yordamidan yoki uy arenasi qo'llab-quvvatlashidan umid qilib boks tushdi. O'z jamoasining jangni nokaut bilan tugatishni istamasligining sabablari ko'p. Siz shuni tushunishingiz kerakki, bokschi nokautga juda ko'p etibor qaratsa, u hushyorlikni yo'qotadi", - dedi Usik.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing