10 fev 17:41
Yangiliklar
Boks/MMA
"Usik buyuk emas. Uni nokaut qilgan bo'lardim" - sobiq jahon chempioni
57 yoshli Boks shon-shuhrat zali azosi, shuningdek, uch vazn toifasida sobiq jahon chempioni bo'lgan amerikalik Jeyms Toni Aleksandr Usik haqida keskin fikr bildirdi.
"Sizning Usikingiz — oddiy axlat. Agar u mening davrimda jang qilganida, uni hech qanday imkoniyatsiz - o'ngdan ham, chapdan ham urishardi. Usik o'rtacha. U buyuk emas.
Nima uchun ekanini bilasizmi? Bu zamonaviy bokschilarning hech biri tarixdagi eng buyuklardan biri emas.
Hozirgi davr mening davrimdek emas. Ular hech kim bilan jang qilishmaydi. Ular shunchaki jang qilishni istamaydi. Buyuk bo'lishning yagona yo'li — buyuk raqiblarga qarshi ringga chiqish.
Men bu ukrainni hech qanday muammosiz nokaut qilardim. Hozirgi superog'ir vazn — umuman boshqa, pastroq daraja", — deya Tonining so'zlarini keltiradi Bloody Elbow portali.

Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar