20 dek 10:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik dunyoning ayni paytdagi eng yaxshi bokschisi kim ekanini aytdi
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usik professional boksning ayni damdagi eng yaxshi bokschisini tanladi.
"Men uchun dunyodagi vazn toifasidan qati nazar eng yaxshi bokschi — Terens Krouford! Menga bu odam juda yoqadi, ajoyib bokschi. Juda kuchli jangchi. Men ikkinchi o'rindamanmi? Yo'q, men o'n ettinchi o'rinda bo'lsam kerak", dedi Usik.
Aleksandr Usik ertaga. 21 dekabr kuni Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi revansh jangida ringga ko'tariladi.
Havola :
Fikrlar