21 iyu 18:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik Dyubuaga bilan revanshdan keyingi rejalari haqida gapirdi
Aleksandr Usik Daniel Dyubuaga qarshi revanshdan so'ng faoliyati borasidagi rejalari haqida gapirdi.
— Sizda yana bir jang qolganini aytdingiz, ammo shunday kechalar sizda yana jang qilish istagini uyg'otmaydimi?
— Albatta, bu kun menga yana bitta motivaciya berdi, lekin men oilamga, bolalarimga ko'proq vaqt ajratmoqchiman. Uch yarim oy davomida men oilamni, xotinimni, farzandlarimni ko'rmadim, faqat mashg'ulot, mashg'ulot va yana mashg'ulot. Bolalarim o'smoqda, lekin men buni ko'rmayapman. Men ularga ko'proq vaqt ajratmoqchiman, — dedi Usik Mail Sport Boxing’ga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : Boxing Social
Fikrlar