23 dek 08:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik eski vazniga qaytish haqidagi savolga javob berdi
Cuperog'ir vaznda WBC, WBA va WBO chempionlik kamarlari sohibi ukrainalik Aleksandr Usik (23-0, 14 KO) birinchi og'ir vazn toifasiiga qaytish ehtimolini baholadi.
"Birinchi og'ir vaznga qaytamanmi? Men hozir shunchaki uyga ketmoqchiman. Xotinim menga qizimning videosini yubordi. U 10,5 oylik. Men uni ikki oygina ko'rdim. SHuning uchun men orqaga qaytishni, dam olishni, telefonni o'chirishni, uydagi eshiklarni yopishni va xotirjam o'tirishni, osmonga qarashni xohlayman.
Endi dam olmoqchiman, Dyubua, Fyuri haqida o'ylamayman... Faqat dam olaman va bolalar bilan vaqt o'tkazaman" dedi Usik matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Ar-Riyodda o'tkazilgan jangda Usik britaniyalik Tayson Fyurini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar