03 jan 10:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik faoliyati oxirigacha nechta jang o'tkazishini aytdi
Ukrainalik bokschi The Ring nashriga bergan intervyusida professional faoliyatini yakunlashidan oldin yana nechta jang o'tkazishni rejalashtirayotganini malum qildi.
— Aleksandr, oldinda yana nechta janging qoldi?
— O'ylashimcha, yana ikki yoki uchta jang.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Usik oxirgi marta iyul oyida ringga chiqqan edi: u britaniyalik Daniel Dyubua (22-3, 21 KO) bilan jang qilib, beshinchi raundda nokaut orqali g'alaba qozongan. Endi 38 yoshli ukrainalik bokschining rejalarida amerikalik Deontey Uaylder (44-4-1, 43 KO) bilan jang bor. Bu to'qnashuv aprel oyi oxiri yoki may oyi boshida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar