So’nggi yangiliklar

18:34Холанд шахматга сармоя киритмоқда 0 18:13Асламжон Ортиқовнинг ONE FC лигасидаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:52Том Аспиналл Алекс Перейра билан жанг учун гонорарини кўтаришларини истайди 0 17:31Мовсар Евлоев Дана Уайтга: "Шунисига ҳам раҳмат!" 0 17:10Пеп Гвардиолада навбатдаги рекорд! 0 16:49Нганну билан жанг учун Верховенга кўпроқ пул таклиф қилишди, аммо... 0 16:28Головкин XXI асрнинг энг яхши ўрта вазнлилар рейтингида "Канело"ни ортда қолдирди 0 16:07Octagon чемпиони Шоҳасан Мирзаматовга кескин "ответ" қилди 0 15:46Нидерландия ЖЧ-2026 учун уй ва сафар либосини тақдим этди 0 15:25Алжамейн Стерлинг Мовсар Евлоев - Лерон Мёрфи жангидаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:04Хабиб Нурмагомедов Овечкиннинг 1000-голига муносабат билдирди 0 14:43Усик Украина футболида муҳим лавозимга тайинланди 0 14:22Зидан келишувга эришди 0 14:01Армонга айланган Олимпиада ёхуд ҳамон чемпионликка эришаётган мураббий 0 13:40Фьюри — Маҳмудов билан жанг ҳақида: у оғир аҳволда 0

31 mar 15:43
Yangiliklar

Boks/MMA

Usik - Fyuri boks oqshomining asosiy kardi tasdiqlandi

Promouterlar 18 may kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o'tkaziladigan boks oqshomining asosiy kardini tasdiqlashdi.

Turnirning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun bo'lib o'tadi. Unda WBC chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri (34-0-1, 24 KO) qolgan uchta asosiy yo'nalish kamarlari sohibi, ukrainalik Aleksandr Usik (21-0, 14 KO)ka qarshi ringga ko'tariladi. 

Oqshomning co-main event jangida latviyalik Mayris Briedis (28-2, 20 KO) avstraliyalik Jay Opetayya (24-0, 19 KO) bilan to'qnash keladi. Ushbu jang g'olibi birinchi og'ir (90,7 kg.gacha) vaznda vakant bo'lib turgan IBF chempionlik kamarini qo'lga kiritadi. 

Ikkinchi yarimengil (59 kg.gacha) vaznda IBF chempioni britaniyalik Jo Kordina (17-0, 9 KO) o'z kamarini irlandiyalik Entoni Kakache (21-1, 7 KO)dan himoya qiladi.

Superog'ir vazn kashfiyotlaridan biri kubalik Frenk Sanches (24-0, 17 KO) yana bir mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan germaniyalik bokschi Agit Kabayel (24-0, 16 KO) bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.

Yarimog'ir (79,4 kg.gacha) vazn toifasida uch marotaba jahon chempioni bo'la olgan rossiyalik Sergey Kovalyov (35-4-1, 29 KO) navbatdagi jangini birinchi og'ir (90,7 kg.gacha) vaznda o'tkazadi. Ushbu jangga tayyorgarlikni O'zbekistonda boshlagan Kovalyov Ar-Riyoddagi oqshomda shveciyalik Robin Safar (16-0, 12 KO)ga qarshi ringga chiqadi.

Yarimengil vaznda britaniyalik iqtidor egasi (61,2 kg.gacha) Mark CHemberleyn (15-0, 11 KO) nigeriyalik Joshua Vaxab (23-1, 16 KO)ni sinovdan o'tkazadi. Aynan shu jang asosiy kardni ochib beradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing