27 noy 12:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik Fyuri - CHisora jangida qatnashishni rejalashtirmoqda
Ukrainalik chempioni Aleksandr Usikning menejeri Egis Klimas mijozi Tayson Fyuri va Derek CHisora o'rtasidagi jangga borishni rejalashtirayotganini aytdi.
Menejer Londonda Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o'rtasida mutlaq jahon chempionlik jangi bo'yicha muzokaralar yakunlanishini kutmoqda.
"Biz allaqachon Londonga chipta sotib olganmiz. 3 dekabr biz Fyuri-CHisora jangiga uchib ketamiz. Umid qilamanki, u erda muzokaralarni yakunlaymiz", - dedi Klimas o'z intervyusida.
Avvalroq, Fyuri Usik bilan yil oxirigacha jang o'tkazishni rejalashtirgandi, biroq ukrainalik bokschi Entoni Joshua bilan jangda olgan jarohatlarini tiklashni istayotganini aytib, rad javobini bergan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar