22 dek 16:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik Fyurini mag'lub etganidan so'ng: "Qanday baxtli kun, o'g'illarim bugun dzyudoda kamarlarni qo'lga kiritdi!"
Ukrainalik jahon chempioni Aleksandr Usik britaniyalik Tayson Fyuri bilan revansh jangida g'alaba qozonganidan keyin oilasining qo'llab-quvvatlovi haqida gapirdi.
Jang bugun tong saharda Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida o'tkazilgan va unda Usik ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
"Men jangga yaxshi tayyorlandim, rafiqam meni qo'llab-quvvatladi. Bugun baxtli kun! O'g'illarim ham dzyudo bo'yicha kamar olishdi. Ulardan biri menga: "Endi sizning navbatingiz keldi" dedi", deya fikr bildirdi Usik jangdan so'ng.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar