01 iyu 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA

"Usik hech qachon Vladimir Klichkoning natijalarini qaytara olmaydi"
Ukrainalik bokschi Vladimir Klichkoning murabbiyi Sergey Gorodnichev Aleksandr Usikning og'ir vazn toifasidagi kelajagi haqida gapirdi.
"Usik Klichkoning natijalarini qaytara oladimi? Yo'q, hech qachon qaytara olmaydi.
Men sizlarning fikringizga qo'shilaman. Usik yaxshi yigit, ajoyib inson. Ammo, u ishni to'g'ri yo'lga qo'ymagan. Agar u shu tarzda davom etadigan bo'lsa, oxirida hech kimga kerak bo'lmay qoladi.
Usik 10 million dollar turmaydi. Agar u bu pulga arziganda jang o'tkazilgan bo'lardi.", - dedi Sergey Gorodnichev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar