25 fev 10:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik Joshua bilan revansh jangi nima uchun Kievda bo'lmasligini aytdi
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Aleksandr Usik Joshua bilan jang uchun Kiev nega qulay joy emasligini tushuntirdi.
Usik avvalroq Entoni Joshua bilan revansh jangini Kievdagi "Olimpiyskiy" stadionida o'tkazishni xohlashini aytgandi.
"Ayni paytda mamlakatda bo'layotgan beqaror vaziyat, urush holati tufayli bu jangni tashkil etishning sira ham iloji yo'q. Ikkinchidan, tashkilotchilar foyda ko'rishlari kerak. Bu jangdan keladigan foyda boshqa davlatda ko'proq bo'ladi", - dedi Usik.
Havola :
Manba : vringe.com
Fikrlar