12 okt 11:30
Yangiliklar

Usik - Joshua revanshini tashkil qilish uchun etti oy vaqtimiz bor
Og'ir vazn toifasida WBA, IBF, WBO va IBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usikning promouteri Aleksandr Krasyuk bo'lajak revansh jangiga tayyorgarlik tafsilotlarini oshkor qildi. MEGOGO efirida ukrainalik bokschining menejeri revansh jangi qanday tashkil etilishi va qaerda o'tkazilishi mumkinligini aytib berdi.
«Jang hozir issiq bo'ladigan mamlakatda o'tkaziladi. Bizda bu jangni o'tkazish uchun etti oy vaqt bor - ular shartnoma bilan belgilanadi. Tashkilotchilar o'z ishlarini kamida to'rt, uzog'i bilan besh oy avval boshlashlari kerak. Vaqt va joyni aniqlash shart. Buning uchun har bir variantning reytingini tahlil qilish lozim. Bu shuni anglatadiki, biz uni turli mamlakatlarda tashkil qilish orqali qancha tijoriy foyda olishimiz mumkinligini tahlil qilishimiz kerak», - dedi Krasyuk.
Fikrlar