06 jan 11:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik keyingi jangini qachon o'tkazadi?
Superog'ir vaznda WBC, IBF, WBA Super va IBO yo'nalishlarida mag'lubiyatsiz amaldagi jahon chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik qachon ringga qaytishini aytdi.
"Mening jamoam hozir keyingi jang ustida ishlamoqda. Biz aniq 2026 yilda, ehtimol yozda jang tashkil qilamiz", deya Usikning so'zlaridan iqtibos keltiradi Reday to Fight portali.
Eslatib o'tamiz, 2025 yilning 20 iyul kuni Londondagi (Buyuk Britaniya) "Uembli" stadionida bo'lib o'tgan so'nggi jangida Usik britaniyalik Daniel Dyubua ustidan g'alaba qozongan edi. Katta ehtimol bilan u amerikalik Deontey Uaylderga qarshi ringga ko'tariladi. Bu ikki katta nom hali o'zaro ringda to'qnash kelmagan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar