24 may 04:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik kikboks afsonasiga qarshi og'ir jang o'tkazdi
Misrning Giza shahrida yirik professional boks oqshomi o'tkazildi.
Musobaqa markaziy bahsida ukrainalik super og'ir vazn mutlaq chempioni Aleksandr Usik Niderlandiya vakili Riko Verxuvenga qarshi ringga chiqdi.
WBC kamari o'rtaga qo'yilgan mazkur 12 raundlik bahs 11-raundda muddatidan avval nihoyasiga etdi. Usik raqibini og'ir zarbalar seriyasidan so'ng texnik nokaut evaziga mag'lub etdi.
Biroq jangning qariyb to'qqizinchi raundiga qadar 37 yoshli kikboks afsonasi, Glory chempioni Riko Verxuven ochkolar hisobi bo'yicha Usikka yaxshigina qarshilik ko'rsatganini takidlash lozim.
Bu Aleksandr uchun faoliyatidagi 25-jangida qo'lga kiritgan 25-g'alabasi bo'ldi. Verxuven esa bugun prof ringdagi ikkinchi jangida ilk mag'lubiyatini qabul qildi.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar