19 jan 13:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik nima uchun 39 yoshli Uaylder bilan jang qilmoqchi ekanini aytdi
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Aleksandr Usik nima uchun Deontey Uaylderni navbatdagi raqibi sifatida ko'rayotganiga izoh berdi.
"Birinchidan, bu AQSH - men Amerikada jang qilishni istayman. Ikkinchidan, Uaylder so'nggi 10 yilda divizion toplari qatorida bo'lgan. Bu sportcha qiziqish. "Katta uchlik"da Joshua, Fyuri va Uaylder bo'lgan. Joshua va Fyurini men ikki marta yutdim, yana bitta yutilmagan qoldi - va bu Uaylder", - dedi Usik.
Havola :
Manba : Ready to Fight
Fikrlar