27 apr 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik qanday holatda Fyuri bilan trilogiyadan voz kechishini aytdi
Ukrainalik chempion Aleksandr Usik Tayson Fyuriga qarshi ehtimoliy trilogiya borasida fikr bildirdi.
"Yo'q, rejalarim o'zgarmadi. Hammasi avvalgidek — Fyuri bilan trilogiya rejada bor. Faoliyatim tugashigacha yana uchta jang o'tkazmoqchiman. Nima xohlayotganimni bilaman, lekin hozir hammasi biroz murakkab.
Bilaman, Tayson hali Entoni Joshua bilan shartnoma imzolamagan. Agar ular jang bo'yicha kelishib olsa, men chekkaga chiqaman, chunki Entonining g'alaba qozonishini xohlayman.
SHuningdek, Tayson yaqinda engil jang o'tkazdi. Adolatli bo'lishi uchun Entoni ham shunday jang qilishi kerak", — dedi Usik.
Havola :
Manba : Daily Mail
Fikrlar