18 jan 17:51
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik qaysi afsonaviy bokschi bilan jang qilishni xohlashini aytdi. Bu na Tayson va na Ali!
Superog'ir vaznda WBA, WBC, IBF va IBO kamarlarining mag'lubiyatsiz sohibi Aleksandr Usik shu mazmunda berilgan savolga javob berdi.
Ukrainalik 39 yoshli chempion superog'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni, Xalqaro boks shon-shuhrat zali azosi, britaniyalik Lennoks Lyuis bilan jang o'tkazishni istashini malum qildi.
— Agar o'tmish afsonalaridan biri bilan jang qilish imkoniyati bo'lganida, kimni tanlagan bo'lardingiz?
— Men Lennoks Lyuisni tanlagan bo'lardim, - deya Usikning so'zlarini keltiradi Ready to Fight portali.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning 20 iyul kuni Londondagi (Buyuk Britaniya) "Uembli" stadionida bo'lib o'tgan so'nggi jangda Usik britaniyalik Daniel Dyubuani beshinchi raundda nokautga uchratgan edi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar