18 iyu 08:45
Yangiliklar
Boks/MMA

"Usik ringga chiqib, raqibini qo'rqitadi va unga bosim o'tkazadi" - Frenk Uorren
Britaniyalik mashhur promouter Frenk Uorren Aleksandr Usik va Daniel Dyubua o'rtasidagi bo'lajak revansh jang haqida fikr bildirdi.
Jang 19 iyul kechasi Londondagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.
"Aleksandr oldinga harakat qilganda yaxshi bokschi, lekin agar uni orqaga surishga majbur qilishsa, u unchalik xavfli bo'lmaydi. Daniel ana shuni qilishga harakat qiladi, va umid qilamanki, unga bu nasib etadi. Usik Joshuaga qarshi va Fyuriga qarshi birinchi jangda qilgan ishini takrorlaydi — zarbalar seriyasi bilan boshlaydi. U ringga chiqiboq raqibga bosim o'rnatish va qo'rqitishga urinadi.
Ular Daniel bosimga dosh bera olmaydi, deb o'ylashyapti. Dastlabki raundlar juda tezkor o'tazi, bu jangda har narsa bo'lishi mumkin", — dedi Uorren DAZN nashriga.
Havola :
Manba : DAZN
Fikrlar