25 fev 16:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik superog'ir vazn toifasida keyingi mutlaq chempion kim bo'lishi mumkinligini taxmin qildi
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Aleksandr Usikka diviziondagi keyingi mutlaq jahon chempioni haqida savol berishdi.
"Mozes Itaumani buyuk jangchi deb hisoblayman. U yosh va uni yorqin kelajak kutmoqda", - dedi Usik.
20 yoshli britaniyalik bokschi hozircha prof boksda 11 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan (9 ta nokaut). U nokautli g'alabalarida 1 va 2-raundlarda erishgan.
Havola :
Manba : talkSPORT
Fikrlar