19 jan 15:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik Tayson Fyuri bilan trilogiya haqida gapirdi
Superog'ir vaznda WBA, WBC, IBF va IBO kamarlari sohibi Aleksandr Usik britaniyalik sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri bilan uchinchi jang haqida berilgan savolga javob qaytardi.
— Tayson Fyuri, sen bir necha bor bashorat qilganingdek, qaytmoqda. U bilan trilogiya tarixini yozishga qiziqasanmi?
— Nega endi yo'q, faqat bu yana "mutlaq" chempionlik uchun jang bo'lsa. Qolgan holatda bilmadim, - deya Usikning so'zlarini keltiradi Ready to Fight nashri.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri va Aleksandr Usik o'rtasidagi birinchi jang 2024 yil 19 may kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgandi. O'shanda Usik hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozongandi. Ular o'rtasidagi revansh jangi o'sha yilning 22 dekabrida bo'lib o'tdi va Usik bu safar hakamlarning yakdil qarori evaziga zafar quchdi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar