24 mar 19:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik va Fyuri shartnomaning qaysi bandida kelisha olmagani malum bo'ldi
Ukrainalik engilmas bokschi Aleksandr Usikning promouteri Aleksandr Krasyuk britaniyalik Tayson Fyuri bilan jang bekor bo'lishi sababini aytdi.
"Bizda revansh jangining mukofot pullarini bo'lishib olishda munozaralar yuzaga keldi. Qaysidir pallada hammasi shunchaki to'xtab qoldi. Biroq bir vaziyatda biz taslim bo'lib qo'ya qoldik. Muammo shunda bo'ldiki, Tayson hech qachon bosh egishni istamadi.
Usik barchasiga rozi bo'ldi. Xatto 30 foizga ham rozi edi. U revansh jangida ham dastlabki jang g'olibi foydasiga shunday pul taqsimlanishini hisobga olgandi. Keling, ochiq gaplashamiz. Angliyada hakamlar shunchaki g'oliblikni o'g'irlab bera oladi. Biz shunga to'qnash kelishimiz mumkin edi", - dedi Krasyuk.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar