09 jan 15:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik va Uaylder jangining taxminiy muddati va manzili aytildi
Aleksandr Usik va Deontey Uaylder o'rtasidagi jang okean ortida o'tkazilishi mumkin.
Bu haqda Usikning menejeri Egis Klimas Boxing Media nashriga malum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, jang aprel oyi oxiri yoki may oyi boshlariga rejalashtirilgan. Ehtimoliy manzillar sifatida Las-Vegas va Los-Anjeles ko'rib chiqilmoqda. Butunjahon boks kengashi (WBC) jangni ixtiyoriy himoya sifatida sankciyalashi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Usik so'nggi marta 2025 yil iyul oyida ringga chiqqan va Daniel Dyubuani nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : Boxing Media
Fikrlar