28 fev 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik Verxuvenga qarshi boks jangi anonsiga munosabat bildirdi
Superog'ir vaznda jahon chempioni Aleksandr Usik kikbokschi Riko Verxuvenga qarshi boks jangining elon qilinishiga munosabat bildirdi.
"O'z sportida eng yuqori cho'qqilarga chiqqan insonlarni chin dildan hurmat qilaman. Riko — shulardan biri, u kuchli sportchi va buyuk chempion. CHempionlik — faqat kamar emas, balki yillar davomidagi mehnat, intizom va o'zingga ishonch. Men uning yo'lini hurmat qilaman — u kikboksingning haqiqiy qiroli. Ammo bu boks — boshqa o'yin, o'z qoidalari va o'z qirollari bor. Men tayyorman va u bilan ringda uchrashishni sabrsizlik bilan kutyapman. Bu ikkimiz uchun ham noyob tajriba bo'ladi, muxlislar ham katta kechani kutmoqda", — dedi Usik The Ring nashriga.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar