01 mar 15:54
Yangiliklar
Boks/MMA
"Usik Verxuvenga qarshi jangda WBC kamarini himoya qilmaydi" - Suleyman
WBC prezidenti Maurisio Suleyman Aleksandr Usikning navbatdagi jangi haqida gapirdi.
Uning malum qilishicha, 23 may kuni Misrning Giza shahrida Aleksandr Usik hamda Glory’ning sobiq chempioni niderlandiyalik Riko Verxuven o'rtasidagi jangda WBC superog'ir vazn chempionilik kamari o'yinga qo'yilmaydi.
"WBC bu jangni to'liq qo'llab-quvvatlaydi. Bu "maxsus tadbir" bo'ladi. Biz Misr piramidalari elementlari qo'shilgan ajoyib kamar yaratamiz. Ilgari Fyuri — Ngannu jangini ham qo'llab-quvvatlaganmiz. Rikoni kikboksing bo'yicha afsonaviy og'ir vazn chempioni sifatida hurmat qilamiz. Hozircha to'liq WBC kamarini himoya qilish masalasi muhokama qilinmagan, faqat WBC og'ir vazn chempioni ishtirokida maxsus tadbir o'tkazish haqida gap ketmoqda", — dedi Suleyman.

Havola :
Manba : Boxing Insider
Fikrlar