16 jan 09:22
Yangiliklar
Usik yangi promouter bilan shartnoma imzolaydi, jang 150 minglik arenada o'tkaziladi
The US Sun nashrining yozishicha, gap AQSHning g'arbiy sohillarida joylashgan yaqinda tashkil etilgan promouterlik kompaniyasi haqida ketmoqda. Bu kompaniya IVisit Boxing hisoblanadi. Uning rahbari Ed Pereyra bo'lib, avval Turki Al ash-SHayx bilan birga ishlagan.
Bu haqda bugun, 16 yanvar kuni rasman elon qilinishi kutilmoqda. Reja bo'yicha Usik 11 iyul kuni San-Franciskoda bo'lib o'tadigan va 150 ming tomoshabindan iborat rekord darajadagi auditoriyani to'plashi kerak bo'lgan shouda jang qilishi kerak. Ushbu tadbir doirasida musiqa festivali ham bo'lib o'tadi va u tashkilotchilarning hamkori sifatida ishlaydigan YouTube xizmati tomonidan translyaciya qilinadi. CHiptalarning katta qismi bepul bo'lishi taxmin qilinmoqda.
Usikning raqibi esa katta ehtimol bilan sobiq WBC chempioni Deontey Uaylder bo'ladi.

Fikrlar