05 may 17:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik yoshligida qanday qilib nokautga tushib qolganini esladi
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik bolaligida otdan qanday zarba qabul qilib olganini esladi.
"Yoshligimda boshimga ot tepgan - bum! O'shanda "raqibim"ning 0 ta jangi, 0 ta g'alabasi va 1 ta nokauti bor edi. O'sha kezlari men qishloqda ishlardim", - dedi Usik Pirs Morganga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Usik navbatdagi jangini 19 iyul kuni Britaniyada mezbon Daniel Dyubuaga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Fikrlar