19 mar 18:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Usikning jamoadoshi Uaylder bilan jang nega amalga oshmaganini aytdi
Jahon chempioni Aleksandr Usikning vakili Sergey Lapin amerikalik Deontey Uaylderga qarshi jang nega tashkil etilmaganini tushuntirdi.
"Biz Uaylder bilan jang tashkil etish imkoniyatini muhokama qildik va dastlab uni AQSHda o'tkazishni rejalashtirgan edik. Ammo muzokaralar kutganimizdan ham uzoqqa cho'zildi, natijada Uaylder CHisora bilan jang qilishga rozi bo'ldi. Boksda shunday holatlar bo'ladi — muzokaralar davomida boshqa imkoniyatlar paydo bo'ladi", — dedi Lapin Boxing News nashriga.
Havola :
Manba : Boxing News
Fikrlar