09 mar 19:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Usikning jamoasi Fyuriga taklif bilan chiqdi
Mashhur jurnalist Maykl Benson tvitterdagi sahifasida super og'ir vazn toifasi vakili Aleksandr Usikning jamoasi Tayson Fyuriga yangi kelishuv taklif qilgani haqida malum qildi.
SHartlariga ko'ra, g'olib bo'lgan jamoa gonorarning 60 foizini, yutqazgan esa 40 foizni oladi. Biroq, britaniyalik bu taklifni rad etdi.
"Aleksandr Usikning promouteri Aleks Krasyukning aytishicha, ular Tayson Fyuriga 60/40 nisbatda shartnoma taklif qilishgan, ammo Fyuri rad javobini bergan. Muzokaralar davom etmoqda va Krasyuk: "Biz shunday bo'lishini xohlaymiz. Agar u buni xohlamasa, biz uni majburlay olmaymiz", - deb yozadi Benson.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar