09 fev 09:02
Yangiliklar

Usikning menejeri: "Agar Fyuri bilan jang 18 may kuni amalga oshmasa, xech qachon o'tkazilmaydi"
"Agar 18 may kuni jang tashkil etilmasa, mazkur bahs o'tkaziladimi? Aytish qiyin. Siz Fyuri va Usik o'rtasidagi mutlaq chempionlik jangi haqida gapiryapsizmi?
Agar gap shu haqida ketayotgan bo'lsa, agar jang 18 may kuni o'tkazilmasa, boshqa xech qachon o'tkazilmaydi. Nima uchun? Men avval ham bu haqida gapirgandim.
Jang bo'yicha 29 aprel sanasi aytilgandi (2023 yilning 29 apreli uchun mazkur jang rejalashtirilgandi). Agar jang 29 aprelgacha o'tkazilmasa, IBF bilan bog'liq muammolar sabab, xech qachon o'tkazilmaydi.
Ammo Turki al ash-SHayh va Saudiya Arabistonidagi yigitlar jangni 2024 yilning mayiga qadar cho'zishdi. 18 may - mutlaq chempionni aniqlab olish uchun so'nggi kun", - dedi menejer Aleksandr Krasyuk.
Fikrlar