So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

31 dek 09:43
Yangiliklar

Boks/MMA

Usikning menejeri Uaylderga qarshi jangning taxminiy muddatini aytdi

Superog'ir vaznda WBC, WBA va IBF chempioni Aleksandr Usikning navbatdagi jangini amerikalik sobiq chempion Deontey Uaylderga qarshi o'tkazishi deyarli oydinlashdi.

Ukrainalik bokschi 2026 yilning aprel oyi oxiri yoki may oyi boshida Uaylderga qarshi jangda ringga qaytishni rejalashtirmoqda, dedi 38 yoshli ukrainalik bokschining menejeri Egis Klimas. Uning so'zlariga ko'ra, Usik yana bir nechta jang o'tkazishni rejalashtirmoqda.

"Biz Usikni Uaylderga qarshi jangda ko'rishimiz ehtimoli katta, - dedi Klimas The National nashriga bergan intervyusida. - Biz hozir ushbu jang ustida ishlayapmiz, shuningdek, Aleksandr uchun bir nechta jang variantlari ham bor. Kelishuv tasdiqlangach, jangni tashkillashtirishga kirishamiz. Va biz allaqachon Uaylder jamoasi bilan bazi masalalarni muhokama qilyapmiz".

"Biz ushbu jangni aprel oyi oxiri yoki may oyi boshida Las-Vegas yo Los-Anjelesda o'tkazishni rejalashtiryapmiz, - deya qo'shimcha qildi Klimas chempionning navbatdagi jangi sanasi va joyi haqida. - Uaylder - Aleksandr hali ringda to'qnash kelmagan eng yaxshi nomlardan biri. U hali ham yaxshi formada, hali ham chiqish qilmoqda, shuning uchun bu qiziqarli jang bo'ladi. Boz ustiga jang AQSHda o'tkazilsa".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing