28 jan 18:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Usikning promouteri Fyuri bilan jang qachon o'tkazilishini aytdi
Ukrainalik bokschi Aleksandr Usikning promouteri Aleksandr Krasyuk mijozi va britaniyalik bokschi Tayson Fyuri o'rtasidagi jang bo'yicha muzokaralar haqida gapirdi.
"Hozir muzokaralar Fyuri foydasiga hal bo'lmoqda. Ilgari u Vladimir Klichko bilan revansh jangini o'tkazmagan, vaholanki jangga hamma narsa tayyor edi. Albatta, u Usik bilan jang qilmoqchi. Ammo, uning hayolida nima borligini hech kim bilmaydi. Umid qilamizki, bahor oxirigacha tarixdagi eng katta jangni o'tkazamiz", - dedi Krasyuk.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar