21 dek 12:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Usikning promouteri Fyurining Joys bilan ehtimoliy jang haqidagi so'zlariga munosabat bildirdi
Superog'ir vaznda WVA, WVO, IBF va IBO chempioni Aleksandr Usikning promouteri Aleksandr Krasyuk mijozining rejalariga to'xtaldi.
"Fyurining so'zlari meni umuman qiziqtirmaydi. Ammo Taysonning fikriga mutlaqo qo'shilaman. Boksda deyarli 18 yil umrim o'tdi. Ko'pincha katta masshtabdagi janglar hech qachon sodir bo'lmaydi. Huddi Tayson Fyurining Vladimir Klichko bilan revansh jangida bo'lgani kabi.
Ular shartnoma imzolashgan, amalda esa hech narsa bo'lmadi. SHuning uchun Fyurining fikriga qo'shilaman. Bu jang tashkil etilmasligi mumkin", — dedi Krasyuk.
Avvalroq, Aleksandr Usikning promouteri Krasyuk Tayson Fyuriga qarshi jang uchun so'nggi muddatni aytgan edi.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar