12 iyu 18:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Usikning promouteri Joshua bilan ikkita jangga shama qildi
Boks bo'yicha og'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usikning promouteri Aleksandr Krasyukning takidlashicha, WBA, IBF, WBO va IBO kamarlari egasi Entoni Joshua bilan shartnoma imzolanmagan.
Uning mijozi ikkita jang o'tkazishi mumkin, shartnomada revansh olish to'g'risidagi band mavjud.
"Usik va Joshua o'rtasidagi jang shartnomasida Entoni uchun revansh jangi masalasi yozilgan, chunki u uch yo'nalishda chempion. Uning uchun bu bitimning asosiy sharti edi. Revansh masalasi juda keskin. Biz Aleksandr Usik uchun ajoyib shartlar bilan shartnoma imzoladik. O'ylaymanki, biz Usik - Joshuaning ketma-ket ikkita to'qnashuvini ko'rish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Usik bu holatni eshitgach, uning kayfiyati, albatta, yomonlashmadi. U shunday dedi: "Biz Joshuani ikki marta mag'lub etishimiz kerak", - dedi Krasyuk VideoBoxing YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar