20 dek 15:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Usikning promouteri Joshuaga qarshi revansh o'tkazilmasligi mumkinligini aytdi
Aleksandr Usikning promouteri Aleksandr Krasyuk mijozining Entoni Joshuaga qarshi revansh jangi haqida gapirdi.
"Hozircha, "pichoqqa ilinadigan" biror yangilik yo'q. Biz Fyuri va Joshua bilan ishlamoqdamiz. Yangi yilgacha qaror qabul qilamiz. Joshua revansh o'tkazishni xohlamasligi mumkinmi? Gap Joshua nimani xohlashida emas. Bu erda juda ko'p talablar bor. Ularning barchasi bajarilishi shart. Juda qiyin kombinaciya. Ammo, biz bularni haqiqatga aylantirish uchun ishlashda davom etamiz. Bundan tashqari, Usikning revansh bermaslik ehtimoli ham bor", -deydi Krasyuk.
Eslatib o'tamiz, Joshua Usikga mag'lub bo'lganidan so'ng, shartnomadagi revansh bilan bog'liq bandni ishga solgandi. Malumotlarga qaraganda, revansh jangi 2022 yilning fevral-mart oylarida o'tkazilishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar