02 mar 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Usikning Qohiradagi jangi uchun WBC kamari ham o'rtaga qo'yiladi
Butunjahon boks kengashi (WBC) 23 may kuni Misr Piramidalari etagida bo'lib o'tadigan Aleksandr Usik va Riko Verxuven o'rtasidagi jangning holati haqida rasmiy bayonot elon qildi.
Tashkilot Direktorlar kengashi jangni WBC super og'ir vazn toifasidagi chempionlik unvonini ixtiyoriy himoya sifatida tasdiqlash haqidagi iltimosni maqullaganini elon qildi.
"Puxta o'ylab ko'rgandan so'ng, WBC Direktorlar kengashi chempion Aleksandr Usikning afsonaviy kikboks chempioni Riko Verxuvenga qarshi WBC super og'ir vazn toifasidagi chempionlik unvonini ixtiyoriy himoya qilishini tasdiqlashga qaror qildi", deya xabar bergan WBC veb-sayti.
Havola :
Manba : WBC
Fikrlar