So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

16 jan 18:13
Yangiliklar

Boks/MMA

Usman 30 oyga diskvalifikaciya qilindi

CSAD rasmiy bayonotiga ko'ra, 36 yoshli jangchi testosteron, shuningdek, taqiqlangan BPC-157 peptidini qo'llaganini tan olgan.

Kamaru Usmanning ukasi, og'ir vazn toifasida UFC jangchisi Muhammad Usman testosteron istemol qilganini tan oldi va buning natijasida uzoq muddatga diskvalifikaciya qilindi.

Jahonning eng kuchli ligasi jangchilarini dopingga tekshirish bilan shug'ullanuvchi CSAD antidoping agentligi Muhammad Usman o'tgan yilning sentyabr oyida testosteron testidan ijobiy natija ko'rsatgani uchun Rio-de-Janeyrodagi turnirda Valter Uokerga qarshi jangdan chetlatilgan edi.

CSAD rasmiy bayonotiga ko'ra, 36 yoshli jangchi testosteron, shuningdek, taqiqlangan BPC-157 peptidini qo'llaganini tan olgan. SHu bilan birga, Usman dastlab ijobiy testning noto'g'ri tushuntirishini berib, agentlikni chalg'itishga uringan va bu qattiq reakciyaga sabab bo'lgan. Aldashga urinish tufayli antidoping agentligi standart ikki yillik diskvalifikaciyani ikki baravar oshirishi mumkin edi, ammo olti oy qo'shish bilan cheklandi, natijada yakuniy diskvalifikaciya muddati 30 oyni tashkil etdi.

Nigeriyalik og'ir vazn toifasidagi sportchining diskvalifikaciya muddati 2025 yil 9 oktyabrda, u dopingga ijobiy test topshirganidan boshlab hisoblanadi va 2028 yil 9 aprelda tugaydi.

2022 yildan buyon UFC’da faoliyat olib borayotgan Muhammad Usman tashkilotda 6 ta jang o'tkazib, 4 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. U oxirgi marta o'tgan yilning iyun oyida Hamdi Abdulvahobni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing